locale OZ

Rasman: «Dinamo» urugvaylik himoyachi bilan shartnoma imzoladi

Tomonlar oʻrtasida bir yillik kelishuv tuzildi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasman: «Dinamo» urugvaylik himoyachi bilan shartnoma imzoladi
FOTO: FC Dinamo

2026 yilgi mavsum oldidan tarkibni kuchaytirish ishlarini davom ettirayotgan «Dinamo» PFK legioner futbolchi bilan kelishuvga erishganini ma’lum qildi.

Dubayda yig‘in o‘tkazayotgan samarqandliklar safiga urugvaylik Mauro Brasil qo‘shildi. 26 yoshli legioner himoyachi bilan bir yillik shartnoma imzolandi. Mauroning so‘nggi klubi Urugvay chempionati vakili «Cerro-Largo» bo‘lib, 2025 yilda Klausurada 5-o‘rinni egallagan.

Mauro Brasil o‘z vaqtida Urugvay U20 yoshlar jamoasi safida 10ta o‘yinda maydonga tushgan. Shuningdek, u Urugvay milliy jamoasiga ham chaqirilgan bo‘lib, debyutini 2024 yilda Kosta Rika bilan o‘tkazilgan bahsda (0:0) markaziy himoyachi sifatida o‘tkazgan.

Maʼlumot uchun, Mauro Brasil «Dinamo» tarixidagi urugvaylik ilk o‘yinchi hisoblanadi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting