locale OZ

Rasman: Diego Koppola \"Parij\" futbolchisiga aylandi

Tomonlar 2031 yilgacha amal qiladigan uzoq muddatli shartnoma imzolashdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasman: Diego Coppola rasman "Parij" futbolchisiga aylandi
Фото: Paris FC

Fransiyaning "Parij" klubi 22 yoshli markaziy himoyachi Diego Koppolaning transferini to‘liq sotib olganini rasman e’lon qildi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

Avvalroq "Brayton"dan ijaraga asosida jamoaga qo‘shilgan italiyalik futbolchi endi to‘liq huquqli ravishda "Parij" safida harakat qiladi. Tomonlar 2031 yilgacha amal qiladigan uzoq muddatli shartnoma imzolashdi.

Koppola o‘tgan mavsum barcha musobaqalarda 23 ta uchrashuvda maydonga tushib, 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Diego Koppola "Ellas Verona" akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U asosiy jamoada ilk debyutini 2021 yil 15 dekabr kuni Italiya kubogi doirasida "Empoli"ga qarshi bahsda o‘tkazgan. 2022 yil 16 yanvar kuni esa "Sassuolo"ga qarshi o‘yinda ilk bor Italiya A Seriyasida maydonga tushgan.

2025 yil 17 iyun kuni u Angliyaning "Brayton" klubiga ko‘chib o‘tgan edi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting