locale OZ

Rasman: Darmian «Bolonya» futbolchisiga aylandi

Kelishuv 2027-yil 30-iyunga qadar amal qiladi.
Rasman: Darmian «Bolonya» futbolchisiga aylandi
Фото: Bologna FC

«Bolonya» himoyachi Matteo Darmian bilan shartnoma imzolaganini rasman ma’lum qildi. Kelishuv 2027-yil 30-iyunga qadar amal qiladi.

35 yoshli futbolchi «Milan» akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U Italiya A Seriyasidagi debyutini 2006/07-mavsumda «Milan» safida o‘tkazgan. Darmian faoliyati davomida «Padova», «Palermo», «Torino», «Manchester Yunayted», «Parma» va «Inter» klublarida ham to‘p tepgan. U o‘tgan yozda «Inter»ni erkin agent sifatida tark etgan edi.

Darmian Italiya terma jamoasidagi debyutini 2014-yilda o‘tkazgan va shu yili Braziliyada bo‘lib o‘tgan Jahon chempionatida ishtirok etgan. U milliy jamoa safida 40 dan ortiq uchrashuv o‘tkazgan.

Klub miqyosidagi sovrinlari orasida Italiya chempionligi, Italiya Kubogining ikki karra g‘olibligi, Italiya Superkubogi, Angliya Kubogi, Angliya Liga Kubogi va Yevropa Ligasi g‘olibligi bor.

«Bolonya» klubi Darmianning kuchli jihatlari sifatida texnikasi, pozitsiya tanlashi, taktik savodxonligi, barqarorligi va o‘yinni yaxshi o‘qish qobiliyatini qayd etdi.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting