locale OZ

Rasman: “Chikago Fayr” Robert Levandovski transferini e’lon qildi

37 yoshli hujumchi endi faoliyatining yangi bosqichini AQShda davom ettiradi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasman: “Chikago Fayr” Robert Levandovski transferini e’lon qildi
Foto: Getty Images

MLS vakili “Chikago Fayr” polshalik yulduz hujumchi Robert Levandovski bilan shartnoma imzolanganini rasman e’lon qildi.

Klub matbuot xizmati o‘z bayonotida Levandovskini “jahon futboli ikonasi va Polsha terma jamoasi tarixidagi eng yaxshi to‘purar” sifatida ta’riflagan.

Levandovski 2022-yil yozidan buyon “Barselona” sharafini himoya qilib kelayotgandi. O‘tgan mavsumda u barcha turnirlar doirasida 46 ta o‘yinda maydonga tushib, 19 ta gol va 4 ta assist qayd etdi.

37 yoshli hujumchi endi faoliyatining yangi bosqichini AQShda davom ettiradi. U MLSda “Chikago Fayr” hujum chizig‘ining asosiy yulduziga aylanishi kutilmoqda.

Ma’lumot uchun, “Chikago Fayr” ayni vaqtda MLS Sharqiy konferensiyasi turnir jadvalida uchinchi o‘rinda bormoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting