locale OZ

Rasman: «Chelsi» Mareskani isteʼfoga chiqardi

Italiyalik mutaxassis 2024 yilning yozida londonliklar boshqaruviga kelgandi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasman: «Chelsi» Mareskani isteʼfoga chiqardi
FOTO: Getty Images

Londonning «Chelsi» klubi matbuot xizmati Enzo Mareskaning asosiy jamoa bosh murabbiyi lavozimidan iste’foga chiqarilganini rasman e’lon qildi. Italiyalik mutaxassis «ko‘klar»ni 2024 yil yozidan buyon boshqarib kelayotgandi. Avvalroq u «Parma» va «Lester» klublarida faoliyat olib borgan.

««Chelsi» futbol klubi va bosh murabbiy Enzo Mareska o‘zaro hamkorlikni to‘xtatdi. Klubdagi faoliyati davomida Enso jamoani UEFA Konferensiyalar ligasi va FIFA Klublar o‘rtasidagi jahon chempionatidagi g‘alabalarga yetakladi. Ushbu yutuqlar klubning yaqin tarixida muhim o‘rin tutadi va biz uning klub rivojiga qo‘shgan hissasi uchun minnatdorchilik bildiramiz.

Hozirda jamoa oldida to‘rtta turnir doirasida muhim vazifalar (jumladan, Chempionlar ligasi yo‘llanmasi uchun kurash) turganini inobatga olgan holda, Enzo va klub murabbiylar almashinuvi mavsumni to‘g‘ri yo‘lga solish uchun eng maqbul qaror bo‘ladi, degan xulosaga keldi. Biz Enzo Mareskaga kelgusidagi faoliyatida omad tilaymiz», — deyiladi «Chelsi» matbuot xizmati bayonotida.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting