locale OZ

Rasman: «Chelsi» Liam Rosenyorni iste’foga chiqardi

41 yoshli mutaxassis joriy yilning yanvar oyida londonliklar boshqaruviga kelgandi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasman: «Chelsi» Liam Rosenyorni iste’foga chiqardi
FOTO: Getty Images

Londonning «Chelsi» klubi bosh murabbiy Liam Rosenyor bilan xayrlashganini rasman e’lon qildi. Bu haqda klub matbuot xizmati bayonot berdi.

«"Chelsi"ning barcha xodimlari nomidan Liam va uning jamoasiga klubdagi faoliyati davomida ko‘rsatgan sa’y-harakatlari uchun minnatdorchilik bildiramiz. Mavsum o‘rtasida tayinlanganidan buyon Liam hamisha yuksak professionalizm va halollik namunalarini ko‘rsatib keldi.

Bu qarorni qabul qilish klub uchun oson bo‘lmadi, biroq so‘nggi natijalar va o‘yin darajasi belgilangan standartlarga javob bermayapti. Oldimizda hali qilinadigan ishlar ko‘p. "Chelsi"dagi barcha insonlar Liamga kelgusi faoliyatida ulkan zafarlar tilaydi», — deyiladi klub rasmiy xabarida.

41 yoshli ingliz mutaxassisi joriy yilning yanvar oyida «Strasburg»dan «Chelsi»ga kelgan edi. Uning klub bilan shartnomasi 2032 yilga qadar mo‘ljallangan bo‘lishiga qaramay, rahbariyat inqiroz tufayli hamkorlikni to‘xtatishga qaror qildi.

Iste’foga asosiy sabab sifatida jamoaning Angliya Premyer-ligasidagi o‘ta muvaffaqiyatsiz seriyasi ko‘rilmoqda: «aristokratlar» so‘nggi beshta o‘yinda birorta ham gol ura olmay, mag‘lubiyatga uchrashdi.

Ayni damda «Chelsi» 34 ta o‘yindan so‘ng 48 ochko bilan turnir jadvalida yettinchi o‘rinni egallab turibdi. 33 ta o‘yinda 70 ochko to‘plagan «Arsenal» esa peshqadamlikni davom ettirmoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting