locale OZ

Rasman: «Botafogo» Anchelottini isteʼfoga chiqardi

Mutaxassis 2025 yilning yozida klub boshqaruviga kelgandi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasman: «Botafogo» Anchelottini isteʼfoga chiqardi
FOTO: Getty Images

«Botafogo» klubi matbuot xizmati Davide Anchelotti jamoa bosh murabbiyi lavozimini tark etganini e’lon qildi.

Eslatib o‘tamiz, Davide — Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi Karlo Anchelottining o‘g‘li. Avvalroq u otasiga yordamchi sifatida Madridning «Real» klubi va boshqa jamoalarda faoliyat olib borgan. «Botafogo» esa uning mustaqil murabbiylik faoliyatidagi ilk klubi bo‘lib, u bu jamoaga 2025 yil yozida kelib qo‘shilgandi.

Globo nashri xabariga ko‘ra, shartnomaning bekor qilinishiga italiyalik mutaxassisning jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha murabbiy Luka Gerraning ishdan bo‘shatilishidan norozi bo‘lgani sabab bo‘lgan. Futbolchilar orasida mushak jarohatlari ko‘pligi aynan shu mutaxassis zimmasiga yuklangan.

Anchelotti klub rahbariyatiga butun murabbiylar shtabi saqlab qolinadigan bo‘lsa, ishlashda davom etishini bildirgan. Biroq «Botafogo» rahbariyati bu shartni qabul qilmagan.

Natijada italiyalik mutaxassis klubni tark etdi. Uning boshchiligida jamoa 14 ta g‘alaba, 11 ta durang qayd etib, 7 bor mag‘lubiyatga uchradi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting