Rasman: «Borussiya D» Kovach bilan shartnomani 2029-yilgacha uzaytirdi
Xorvatiyalik murabbiy 2025-yil yanvaridan beri dortmundliklarga ustozlik qilib kelmoqda.
Фото: Getty Images
Dortmundning «Borussiya» klubi bosh murabbiy Niko Kovach bilan shartnomani uzaytirdi. Bu haqda jamoa matbuot xizmati rasman xabar berdi.
Yangi kelishuvga ko‘ra, 54 yoshli mutaxassis «arilar» boshqaruvida 2029-yil yozigacha qoladi. Shuningdek, Kovachning yordamchilari ham Germaniya klubi bilan yangi shartnomalar imzoladi. Xorvatiyalik murabbiy 2025-yil yanvaridan beri dortmundliklarga ustozlik qilib kelmoqda.
Ma’lumot uchun, Germaniya chempionatining 5-turidan so‘ng «Borussiya» 13 ochko bilan turnir jadvalida ikkinchi o‘rinda bormoqda.
Eslatib o‘tamiz, Kovach shogirdlari navbatdagi bahsni 17-oktabr kuni safarda Berlinning «Union» klubiga qarshi o‘tkazadi.