locale OZ

Rasman: «Borussiya D» klubi sport direktori Sebastyan Kel lavozimini tark etdi

Mutaxassis 2018 yildan buyon dortmundliklarning professional futbolchilar boʻlimini boshqargan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasman: «Borussiya D» klubi sport direktori Sebastyan Kel lavozimini tark etdi
FOTO: Getty Images

Dortmundning «Borussiya» klubi o‘z rasmiy saytida sport direktori lavozimida ishlab kelayotgan Sebastyan Kel bilan hamkorlik to‘xtatilganini e’lon qildi.

«Ochiqchasiga o‘tkazilgan muloqot davomida Sebastyan Kel, Karsten Kramer va men yoz oyi o‘zgarishlar uchun eng qulay vaqt degan umumiy to‘xtamga keldik. Har ikki tomonga ham tayyorgarlik ko‘rish uchun vaqt berish maqsadida Sebastyan bilan shartnomani darhol bekor qilishga o‘zaro kelishib oldik. Bizni Sebastyan bilan uzoq yillik tarix bog‘lab turadi. Nafaqat «Borussiya» safida birga to‘p surganmiz, balki 2002-yilda birgalikda Germaniya chempionligini ham qo‘lga kiritganmiz. Sebastyan klubimiz rivojiga ulkan hissa qo‘shdi va biz uning fidoyiligi uchun minnatdormiz», — deya dortmundliklar direktori Lars Rikkenning so‘zlarini keltirmoqda klub matbuot xizmati.

Sebastyan Kel 2018 yildan boshlab to‘rt yil davomida «Borussiya»ning professional futbolchilar bo‘limini boshqargan va shu davr ichida klub 2021 yilda Germaniya kubogini qo‘lga kiritgan edi. 2022 yilning yozida sobiq futbolchi sport direktori lavozimini egalladi. Uning faoliyati davomida Dortmund jamoasi muntazam ravishda UEFA Chempionlar Ligasiga yo‘llanma oldi va 2024 yilda turnir finaliga qadar yetib bordi.

Ayni damda «Borussiya D» Bundesliqa turnir jadvalida ikkinchi o‘rinda bormoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting