Rasman: «Bornmut» Ximenes bilan 2031 yilga qadar moʻljallangan shartnoma tuzdi
Angliya klubi «Milan» himoyachini toʻliq sotib oldi.
FOTO: Getty Images
Himoyachi Alexandro Ximenes doimiy asosda Angliyaning «Bornmut» klubi futbolchisiga aylandi. Bu haqda klub rasmiy sayti ma’lumot tarqatdi.
Klub xabariga ko‘ra, 20 yoshli futbolchi dastlabki ijara kelishuvidagi shartni bajargan, ya’ni sotib olish bandini faollashtirish uchun yetarli miqdorda o‘yinlarda ishtirok etgan.
Joriy mavsum avvalida «olchalar» safiga kelib qo‘shilgan Ximenes jamoaning rasmiy uchrashuvlaridan yarmidan ko‘pida maydonga tushdi. Shu tariqa, tomonlar oʻrtasida 2031 yilgacha moʻljallangan shartnoma imzolandi.
Ispaniyalik iqtidor sohibi Angliya chempionatining joriy mavsumida 22 ta o‘yinda ishtirok etib, o‘z hisobiga bitta gol yozdirib qo‘yishga muvaffaq bo‘ldi.
Nasrullo Karimov
Jurnalist