Rasman: Bobirjon Asqarov — «Mash’al» futbolchisi
Superliga ikkinchi davrasi oldidan tarkibni kuchaytirish ishlarini davom ettirmoqda.
Фото: Машъал ПФК
Muborakning “Mash’al” futbol klubi Superliga ikkinchi davrasi oldidan tarkibni kuchaytirish ishlarini davom ettirmoqda. Jamoa o‘zbekistonlik himoyachi Bobirjon Asqarov bilan shartnoma imzoladi.
27 yoshli futbolchi 1999 yil 2 sentyabrda Toshkent shahrida tug‘ilgan. U asosan markaziy himoya chizig‘ida harakat qiladi, zarurat tug‘ilganda tayanch yarim himoyachisi sifatida ham samarali o‘ynay oladi. Shuningdek, u O‘zbekiston U-23 terma jamoasi safida ham to‘p surgan.
Futbolchilik faoliyati davomida Asqarov “Paxtakor” va “Lokomotiv” klublari sharafini himoya qilgan. U “Paxtakor” safida O‘zbekiston Superligasi chempioni va mamlakat Kubogi sohibi bo‘lgan. Shuningdek, “Lokomotiv” bilan Pro-liga chempionligini qo‘lga kiritgan.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist