locale OZ

Rasman: «Betis» Isko bilan shartnomani uzaytirdi

Tomonlar oʻrtasida tuzilgan yangi kelishuv 2028 yilga qadar amal qiladi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasman: «Betis» Isko bilan shartnomani uzaytirdi
FOTO: Getty Images

«Betis» o‘zining rasmiy saytida yarim himoyachi Isko bilan mehnat shartnomasi uzaytirilganini e’lon qildi. Yangi kelishuv 2028 yil yozigacha mo‘ljallangan.

33 yoshli Isko bundan avval Madridning «Real» klubida o‘ynagan va Ispaniya milliy jamoasi a’zosi bo‘lgan. U 2023 yil yozida «Betis»ga erkin agent sifatida qo‘shilgandi.

Sevilya klubidagi faoliyati davomida Isko 69 ta o‘yinda maydonga tushib, 21 ta gol urdi va 18 ta golli uzatma berdi. Joriy mavsumda esa u jarohati sabab hali maydonga qaytmagan.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting