Rasman! “Bayer” gollandiyalik darvozabon bilan shartnoma imzoladi
FOTO: Getty Images
Leverkuzenning “Bayer” klubi “Brentford” darvozaboni Mark Flekken bilan shartnoma imzolaganini rasman e'lon qildi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
Manbaga ko'ra, tomonlar 2028-yilgacha mo'ljallangan bitimga imzo chekishgan. “Bayer”ga ushbu transfer 10 million yevroga tushgan.
Ma'lumot uchun, 31 yoshli gollandiyalik golkiper o'tgan mavsum barcha turnirlarda 39 ta o'yinda maydonga tushib, 8 tasida o'z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi. Uning Transfermarkt'dagi narxi 10 million yevroga baholanmoqda.
Nasrullo Karimov
Jurnalist