Rasman! “Bayer” 19 yoshli jazoirlik yarim himoyachi bilan shartnoma imzoladi
FОТО: FC BAYER
Leverkuzenning “Bayer” klubi “Gerta”ninh 19 yoshli yarim himoyachisi Ibrahima Mazani o'z safiga qo'shib oldi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
Manbaga ko'ra, tomonlar 2030-yilga qadar mo'ljallangan shartnoma imzolagan.
Maza Bundesliganing ikkinchi divizionida joriy mavsum 32 ta o'yinda maydonga tushib, 7 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Ta'kidlanishicha, 19 yoshli “Gerta” akademiyasi tarbiyalanuvchisi qishki transferlar vaqtida “Milan” va “Portu” takliflarini rad etib, Germaniyada qolishga qaror qilgan.
Ma'lumot uchun, Xabi Alonso jamoasi joriy mavsum Bundesligada 67 ochko jamg'arib, turnir jadvalida ikkinchi o'rinda bormoqda. Leverkuzenliklar amaldagi Germaniya chempionlari sanaladi.
Nasrullo Karimov
Jurnalist