locale OZ

Rasman: «Bavariya» Serj Gnabri bilan shartnomani uzaytirdi

Tomonlar oʻrtasida 2028 yilga qadar moʻljallangan yangi kelishuv imzolandi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasman: «Bavariya» Serj Gnabri bilan shartnomani uzaytirdi
FOTO: Getty Images

Myunxenning «Bavariya» klubi hujumkor yarimhimoyachi Serj Gnabri bilan amaldagi kelishuv uzaytirilganini rasman e’lon qildi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar bermoqda.

Vingerning «qizillar» bilan amaldagi shartnomasi joriy mavsum yakunida o‘z nihoyasiga yetishi kerak edi. Yangi shartnoma esa 2028 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.

Germaniyalik futbolchi 2017 yildan buyon, ya’ni «Verder»dan transfer qilinganidan beri myunxenliklar sharafini himoya qilib kelmoqda. Hozirga qadar u barcha turnirlarda 311 ta oʻyinda maydonga tushib, O‘tgan vaqt mobaynida u jamoaning haqiqiy yetakchisiga 100 ta gol urdi va 69 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Matbuotda tarqalgan ma’lumotlarga ko‘ra, 30 yoshli futbolchining yangi kelishuv bo‘yicha yillik maoshi 15-16 million yevroni tashkil etadi. Rahbariyat Gnabrining barqaror o‘yinini munosib baholab, uni jamoada olib qolishga qaror qildi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting