locale OZ

Rasman: «Bavariya» Noyer bilan shartnomani uzaytirdi

Tomonlar oʻrtasida tuzilgan amaldagi kelishuv 2027 yilga qadar imzolandi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasman: «Bavariya» Noyer bilan shartnomani uzaytirdi
FOTO: Getty Images

«Bavariya» 40 yoshli darvozabon va jamoa sardori Manuel Noyer bilan shartnoma uzaytirilganini eʼlon qildi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar bermoqda.

Manbaga koʻra, germaniyalik posbonning yangi mehnat kelishuvi 2027 yilgacha moʻljallangan. Shuningdek, Myunxen klubi 37 yoshli darvozabon Sven Ulrayx bilan ham shartnomani 2027 yilga qadar uzaytirdi.

Noyer 2011 yildan buyon, yaʼni «Shalke-04»dan oʻtganidan beri «Bavariya» sharafini himoya qilib kelmoqda. Ushbu davr mobaynida darvozabon barcha turnirlarda 597 ta oʻyinda maydonga tushib, ularning 269 tasida oʻz darvozasi daxlsizligini saqlab qolgan.

Germaniyalik posbon klub bilan birga 13 karra Germaniya chempioni va ikki karra Chempionlar Ligasi gʻolibiga aylangan. Transfermarkt portali bergan maʼlumotlarga koʻra, 40 yoshli futbolchining ayni paytdagi bozor qiymati 4 million yevroni tashkil etadi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting