locale OZ

Rasman: «Bavariya» Kompani bilan shartnomani uzaytirdi

Tomonlar oʻrtasida 2029 yilga qadar moʻljallangan yangi bitim tuzildi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasman: «Bavariya» Kompani bilan shartnomani uzaytirdi
FOTO: Getty Images

Myunxenning «Bavariya» klubi jamoa bosh murabbiyi Vensan Kompani bilan shartnomani uzaytirdi. Bu haqda nemislar matbuot xizmati rasman eʼlon qildi.

Manbaga koʻra, tomonlar oʻrtasida 2029 yilga qadar moʻljallangan yangi kelishuv imzolangan.

«Menga mavsum boshidan buyon ishonch bildirayotgan «Bavariya» klubiga oʻz tashakkurimni bildirmoqchiman. Bu yerda oʻzimni uzoq yillardan beri ishlayotgandek his qilaman. Biz ajoyib yo‘lni boshlab yubordik, endi yanada koʻproq mehnat qilib, yangi yutuqlarga erishamiz», — dedi Kompani.

Eslatib oʻtamiz, belgiyalik mutaxassis 2024 yildan buyon «Bavariya»ni boshqarib kelmoqda. Uning qoʻl ostida jamoa 2024/2025 yilgi mavsumda Bundesliga chempioniga aylangan, shuningdek, joriy mavsum boshida Germaniya Superkubogini ham qoʻlga kiritilgan.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting