Rasman: «Bavariya» darvozaboni faoliyatini «Sautgempton»da davom ettiradi
Germaniyaning «Bavariya» klubi darvozaboni Daniyel Peres ijara asosida Angliyaning «Sautgempton» jamoasiga oʻtdi. Bu haqda myunxenliklar matbuot xizmati xabar berdi.
Manbaga koʻra, «Bavariya» Daniyel Peresni mavsum oxirigacha «Sautgempton»ga ijaraga berdi. 25 yoshli isroillik darvozabon mavsumning birinchi yarmini «Gamburg»da ijara asosida o‘tkazdi. Endi u Angliyada qo‘shimcha tajriba orttiradi.
Maʼlumot uchun, Peres «Bavariya»ga 2023 yil yozida Tel-Avivning «Makkabi» klubidan kelib qo‘shilgan. Hozirga qadar u myunxenliklar safida 7 ta o‘yinda maydonga tushgan va o‘tgan mavsum klub bilan birga Bundesliga chempionligini qo‘lga kiritgan. Myunxendagi faoliyati davomida u Isroil terma jamoasining asosiy tarkibidan joy olib, milliy jamoa safida 10 ta uchrashuvda ishtirok etgan.