Rasman: «Barselona» Xuan Ernandes bilan shartnomani uzaytirdi
«Barselona» akademiyasi tarbiyalanuvchisi Xuan Ernandes Kataloniya klubi bilan amaldagi kelishuvini uzaytirdi. 18 yoshli yarimhimoyachi bilan yangi shartnoma imzolangani haqida «ko‘k-anorranglilar» matbuot xizmati jamoaning rasmiy saytida e’lon qildi.
Ma’lum qilinishicha, futbolchi bilan tuzilgan yangi bitim 2028 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. Shuningdek, shartnomada hamkorlikni yana bir mavsumga uzaytirish bandi ham kiritilgan.
Xuan Ernandes 2020 yilda «Sarasoga» akademiyasidan «Barselona» safiga kelib qo‘shilgan edi. Joriy mavsumda u «Barselona B» jamoasi safida 20 ta uchrashuvda maydonga tushib, 4 ta gol va 4 ta samarali uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi.
Bundan tashqari, iqtidorli yarimhimoyachi to‘rt bor «ko‘k-anorranglilar»ning asosiy jamoasi qaydnomasidan ham joy olishga ulgurdi.