locale OZ

Rasman: «Barselona» Superliga loyihasini tark etganini e’lon qildi

Ushbu turnir tashkil etilishi haqidagi eʼlon 2021 yilda eʼlon qilingandi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasman: «Barselona» Superliga loyihasini tark etganini e’lon qildi
FOTO: Getty Images

«Barselona» klubi o‘zining rasmiy saytida Yevropa Superligasi loyihasidan chiqqanini ma’lum qildi.

«Barselona» futbol klubi bugun «European Super League Company» kompaniyasini va unda ishtirok etayotgan klublarni Yevropa Superligasi loyihasidan rasman chiqqanligi to‘g‘risida xabardor qilganini e’lon qiladi», — deyiladi Kataloniya klubi bayonotida.

Eslatib o‘tamiz, yangi Yevropa futbol turniri tashkil etilishi haqidagi e’lon 2021 yilda e’lon qilingan edi. «Barselona» Superliganing 12 ta asoschi klublaridan biri sifatida ishtirok etgan.

Yevropa futbol assotsiatsiyalari ittifoqi (UEFA) ushbu loyihani keskin tanqid qilib, unda qatnashadigan barcha klublar ichki, Yevropa va jahon miqyosidagi boshqa musobaqalardan chetlatilishi haqida ogohlantirgan edi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting