locale OZ

Rasman: «Barselona» Entoni Gordon transferini eʼlon qildi

Tomonlar oʻrtasida 2031 yilga qadar moʻljallangan shartnoma imzolandi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasman: «Barselona» Entoni Gordon transferini eʼlon qildi
FOTO: Getty Images

Kataloniyaning «Barselona» klubi oʻzining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari orqali «Nyukasl» qanot hujumchisi Entoni Gordon transferini gʻalvirga soldi. 25 yoshli vinger koʻk-anorranglilar bilan 2031 yilga qadar moʻljallangan uzoq muddatli shartnomaga imzo chekdi.

«Yangi kuch ritmimizga qoʻshilmoqda», — deya xabar beradi Kataloniya klubi matbuot xizmati.

Avvalroq tarqalgan xabarlarga koʻra, «zagʻizgʻonlar» direktorlar kengashi va klubning saudiyalik egalari kataloniyaliklarning 70 million yevrolik kafolatlangan taklifini qabul qilishgan. Qoʻshimcha bonuslar bilan birga transferning umumiy qiymati 80 million yevrodan oshadi.

Yakunlangan mavsumda Gordon «Nyukasl» safida barcha turnirlar doirasida 46 ta uchrashuvda maydonga tushib, 17 ta gol va 5 ta assistga mualliflik qildi. Transfermarkt portali ingliz futbolchisini 60 million yevroga baholagan edi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting