locale OZ

Rasman: Balotelli — «Al Ittifoq» futbolchisi

Tomonlar oʻrtasida ikki yarim yillik shartnoma imzolandi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasman: Balotelli — «Al Ittifoq» futbolchisi
FOTO: Getty Images

Italiyalik hujumchi Mario Balotelli Dubayning «Al Ittifoq» klubi bilan shartnoma imzoladi. Italiya terma jamoasining sobiq futbolchisi Yaqin Sharq klubiga rasman qo‘shildi.

35 yoshli forvard ikki yarim yillik bitimga imzo chekdi. Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, Balotellining hozirgi bozor qiymati 400 ming yevroni tashkil etadi.

Balotelli 2025 yil iyul oyida «Jenoa»ni tark etganidan so‘ng erkin agent maqomida qolgan edi. Tajribali hujumchi faoliyati davomida «Inter», «Manchester Siti», «Milan» va «Liverpul» kabi klublar sharafini himoya qilgan.

Ayni paytda «Al Ittifoq» BAA Birinchi ligasi — mamlakatning ikkinchi kuchli divizioni — turnir jadvalining eng quyi pog‘onasida joylashgan.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting