locale OZ

Rasman: Ayub Buaddi - “Manchester Siti” futbolchisi

Transfer qiymati bonuslar bilan birga 100 million yevroni tashkil etadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasman: Ayub Buaddi - “Manchester Siti” futbolchisi
Foto: Getty Images

“Manchester Siti” Fransiyaning “Lill” klubidan 18 yoshli yarim himoyachi Ayub Buaddini transfer qilganini rasman e’lon qildi. Marokash terma jamoasi futbolchisi Angliya klubiga besh yillik shartnoma asosida qo‘shildi.

Transfer qiymati bonuslar bilan birga 100 million yevroni tashkil etadi. “Manchester Siti” futbolchi uchun dastlab 95 million yevro to‘laydi, yana 5 million yevro bonuslar ko‘zda tutilgan. Bu transfer Buaddini Premyer-liga tarixidagi eng qimmat o‘smir futbolchiga aylantirdi.

Buaddi “Lill”ning asosiy jamoasida 2023-yilda, 16 yoshida debyut qilgan. U Fransiya klubida jami 96 ta uchrashuvda maydonga tushgan. 2026-yilgi Jahon chempionatida esa Marokash terma jamoasi safida oltita uchrashuvning beshtasini asosiy tarkibda boshlagan.

Ma’lumot uchun, Ayub Buaddi asosan tayanch yarim himoyachi sifatida faoliyat yuritadi. Uning transferi “Manchester Siti”ning yarim himoyani kuchaytirish bo‘yicha yozgi transfer siyosatidagi muhim qadamlardan biri bo‘ldi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting