Rasman. «Ayntraxt» Rierani iste’foga chiqardi
Frankfurtning “Ayntraxt” klubi Albert Rierani bosh murabbiy lavozimidan ozod etilganini rasmiy tarzda e’lon qildi. Ispaniyalik mutaxassis bilan birga uning assistentlari ham jamoani tark etdi.
“Kelgusidagi faoliyatida, ham shaxsiy, ham kasbiy hayotida omad tilaymiz!” — deyiladi klub matbuot xizmati bayonotida.
Albert Riera “Ayntraxt”ni 2026 yil yanvar oyida qabul qilib olgan edi. Hozirgi vaqtda Frankfurt-na-Mayn jamoasi Germaniya chempionati turnir jadvalida 32 turdan so‘ng 43 ochko bilan 8-o‘rinda bormoqda. Klub evrokuboklar yo‘llanmasi beruvchi o‘rinlardan 15 ochkoga ortda qolmoqda.
Avvalroq Riera Sloveniya “Tsele” klubida faoliyat yuritib, jamoani Konferensiyalar ligasi pley-off bosqichiga olib chiqqan. Shuningdek, murabbiyga Moskvaning “Spartak” klubi ham qiziqish bildirgan, ammo o‘shanda jamoa boshqaruvi Xuan Karlos Karsedoga topshirilgan edi.