locale OZ

Rasman: «Atalanta» Ivan Yurichni isteʼfoga chiqardi

Mutaxassis joriy yilning yozida bergamoliklar boshqaruviga kelgandi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasman: «Atalanta» Ivan Yurichni isteʼfoga chiqardi
FOTO: Getty Images

«Atalanta» jamoa bosh murabbiyi Ivan Yurich bilan hamkorlikni to‘xtatganini eʼlon qildi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar bermoqda.

Manbaga koʻra, murabbiy bilan birga uning shtabi aʼzolari — Matteo Paro, Migel Velozu, Paolo Barbero, Stefan Ostoich va Mikel Orekko ham jamoani tark etgan.

Eslatib oʻtamiz, Yurich 2025 yilning yozida «Atalanta» boshqaruviga kelgandi. Biroq jamoaning soʻnggi natijalari koʻngildagidek boʻlmadi — soʻnggi 8 ta oʻyinda bergamoliklar atigi 6 ochko jamgʻardi.

Maʼlumot uchun, hozirda «Atalanta» A Seriyaning 11-turidan so'ng 13 ochko jamgʻargan holda turnir jadvalida 13-o‘rinda bormoqda.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting