Rasman: «Aston Villa» Jon Makginn bilan shartnomani uzaytirdi
Tomonlar oʻrtasida 2028 yilning yoziga qadar moʻljallangan yangi kelishuv imzolangan.
FOTO: Getty Images
Birmingemning «Aston Villa» klubi yarimhimoyachi Jon Makginn bilan yangi shartnoma imzoladi. Bu haqda klub rasmiy saytida xabar berildi.
Manbaga koʻra, tomonlar oʻrtasida 2028 yilning yoziga qadar moʻljallangan yangi bitim tuzilgan.
Maʼlumot uchun, 29 yoshli shotlandiyalik futbolchi «Sent-Mirren» akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi.
Hozirga qadar Makginn «Aston Villa» safida 299 ta oʻyinda maydonga tushib, 33 ta urdi va 41 ta golli uzatmani amalga oshirgan.
Shuningdek, u Shotlandiya milliy jamoasining ham muhim aʼzolaridan biri hisoblanadi. Uning Transfermarkt'dagi narxi 16 million yevroga baholanmoqda.
Nasrullo Karimov
Jurnalist