locale OZ

Rasman: «Aston Villa» Garnachoni o‘z safiga qo‘shib oldi

Ijara muddati bir yilni tashkil etadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasman: «Aston Villa» Garnachoni o‘z safiga qo‘shib oldi
Фото: Aston Villa

Argentinalik vinger Alejandro Garnacho faoliyatini "Aston Villa"da davom ettiradi. "Chelsi" 22 yoshli futbolchini bir mavsumga ijaraga berdi. Shu bilan Garnacho 2026/27 yilgi mavsumni Unai Emeri jamoasida o‘tkazadi.

Ma'lumotlarga ko‘ra, kelishuvda ma'lum shartlar bajarilgan taqdirda transferni doimiy asosda rasmiylashtirish majburiyati ham mavjud. Bu holatda "Aston Villa" Garnachoni taxminan 42,5 million funt sterling evaziga sotib olishi mumkin.

Garnacho o‘tgan yili "Manchester United"dan "Chelsi"ga o‘tgan edi, ammo londonliklar safida doimiy asosiy tarkibdan joy ololmadi. Shu sababli klub va futbolchi yangi mavsum oldidan ijara variantini ma'qul ko‘rishdi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting