locale OZ

Rasman: Ashraf Hakimi Afrikada yilning eng yaxshi futbolchisi deb topildi

Marokashlik futbolchi oʻtgan mavsum Chempionlar ligasida gʻalaba qozondi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasman: Ashraf Hakimi Afrikada yilning eng yaxshi futbolchisi deb topildi
FOTO: Getty Images

Afrika Futbol Konfederatsiyasi (CAF) himoyachi Ashraf Hakimini 2024 yil yakunlariga ko‘ra Afrikaning eng yaxshi futbolchisi deb e’lon qildi. Bu haqda tashkilotning X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida ma’lum qilindi.

O‘tgan mavsum marokashlik himoyachisi «PSJ» bilan tarixiy yutuqlarga erishdi: parijliklar Chempionlar Ligasi, Fransiya chempionati, mamlakat Kubogi va Superkubogini qo‘lga kiritdi. Shuningdek, Hakimi boshchiligidagi «PSJ» AQShda bo‘lib o‘tgan Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionati finaligacha yetib bordi.

Hakimi mavsum davomida barcha musobaqalarda 55 ta o‘yin o‘tkazib, 11 ta gol urdi va 14 ta golli uzatma berdi — himoyachi uchun bu juda yuqori ko‘rsatkich.

Hozirda u «Bavariya»ga qarshi o‘tkazilgan Chempionlar Ligasi umumiy bosqichining 4-turidagi o‘yinda kolumbiyalik yarimhimoyachi Luis Diasning qo‘polligi oqibatida chap tovonidan olgan jarohatdan tiklanmoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting