Rasman. \"Arsenal\" Kepaning transferini e'lon qildi
Photo: Getty Images
“Arsenal” o‘zining rasmiy sahifasida “Chelsea” sobiq darvozaboni Kepa Arrizabalaga bilan shartnoma imzolaganini e'lon qildi.
Avvalroq “kanonirlar” 30 yoshli ispaniyalik uchun “Chelsea”ga 5 million funt to‘lashi xabar qilingandi. Futbolchi jamoada David Raya bilan raqobatlashadi.
Arrizabalaga 2024/2025 yilgi mavsumni “Bournemouth”da ijarada o‘tkazib, barcha turnirlarda 35 ta o‘yin o‘tkazib, 9 bahsda o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi. Transfermarkt portalida berilgan ma'lumotlarga ko‘ra, Kepaning bozor qiymati 10 million yevroni tashkil etadi.
Bahrom Bobonov
Redaktor