locale OZ

Rasman: «Arsenal» Bruno Guimaraesni sotib olganini e’lon qildi

Guimaraes 39-raqamni oldi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasman: “Arsenal” Bruno Guimaraesni sotib olganini e’lon qildi
Фото: Arsenal

“Arsenal” o‘zining rasmiy resurslarida yangi shov-shuvli transferni e’lon qildi.

London klubi Bruno Guimaraes bilan shartnoma imzoladi. Braziliyalik xavbek “Nyukasl”dan o‘tdi. “Kanonirlar” futbolchini uslubiy rolik orqali tanishtirishdi. Guimaraes 39-raqamni oldi.

Yarim himoyachi “Nyukasl”ga “Lion”dan o‘tgan edi. OAV xabarlariga ko‘ra, “Arsenal” Bruno Guimaraesni 75 million funtga sotib oldi.

O‘tgan mavsumda 28 yoshli Bruno Guimaraes 29 ta o‘yinda maydonga tushib, 9 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Shuningdek, uning hisobida UEFA Chempionlar Ligasida 7 ta o‘yin bor.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting