locale OZ

Rasman: Arbeloa — «Fulhem» bosh murabbiyi

43 yoshli ispaniyalik mutaxassis Marku Silvaning o‘rnini egalladi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasman: Arbeloa — «Fulhem» bosh murabbiyi
Фото: Фулхэм

“Fulhem” o‘zining rasmiy saytida Alvaro Arbeloa bosh murabbiy lavozimiga tayinlanganini e’lon qildi. 43 yoshli ispaniyalik mutaxassis Marku Silvaning o‘rnini egalladi va 2029 yil yozigacha amal qiladigan uch yillik shartnomaga imzo chekdi.

Arbeloa 13 yanvardan beri “Real”ni boshqarib kelayotgan edi va 2025/26 yilgi mavsum yakunida klubni tark etdi. Madrid jamoasi uning qo‘l ostida 86 ochko jamg‘arib, Ispaniya chempionati turnir jadvalida 2-o‘rinni egalladi. Ispaniyalik mutaxassis boshqaruvida jamoa 28 ta o‘yin o‘tkazdi: 18 ta g‘alaba, 2 ta durang va 8 ta mag‘lubiyat.

“Fulhem” 2025/26 yilgi mavsumda 52 ochko to‘plab, jadvalda 11-o‘rinni egallagan edi. 2 iyun kuni London klubi Marku Silva bosh murabbiylik lavozimini tark etganini e’lon qilgandi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting