locale OZ

Rasman: Antuan Semenyo — «Man Siti» futbolchisi

Tomonlar oʻrtasida besh yarim yillik shartnoma imzolandi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasman: Antuan Semenyo — «Man Siti» futbolchisi
FOTO: Getty Images

«Manchester Siti» o‘zining rasmiy saytida «Bornmut» vingeri Antuan Semenyoning transferi amalga oshirilganini e’lon qildi. Tomonlar besh yarim yillik shartnoma imzoladi.

OAV ma’lumotlariga ko‘ra, transfer qiymati 75 million yevro (65 million funt sterling)ni tashkil qilgan. Ganalik vinger «Chelsi», «Tottenhem», «Liverpul» va «Manchester Yunayted» kabi APL klublaridan tushgan takliflarni rad etib, «shaharliklar» safiga qo‘shilishni tanlagan.

Ushbu transferda futbolchining ispaniyalik mutaxassis Xosep Gvardiola qo‘l ostida to‘p surish istagi hal qiluvchi omil bo‘lgan.

Joriy mavsumda Angliya Premer-ligasida 25 yoshli Antuan Semenyo 20 ta uchrashuvda maydonga tushib, 10 ta gol urdi va 3 ta golli uzatma muallifiga aylandi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting