locale OZ

Rasman: Angliyaning beshta klubi kelasi mavsumda Chempionlar Ligasida ishtirok etadi

Avvalroq YChL final bosqichi ishtirokchilari soni 36 taga yetkazilgandi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasman: Angliyaning beshta klubi kelasi mavsumda Chempionlar Ligasida ishtirok etadi
FOTO: Getty Images

Angliya Premyer-ligasining joriy mavsum yakunlariga ko‘ra, beshta ingliz klubi 2026/2027 yilgi mavsumda UEFA Chempionlar Ligasining umumiy bosqichida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritadi. Londonning «Arsenal» jamoasi chorak finalning dastlabki bahsida «Sporting» ustidan g‘alaba qozonishi (1:0) inglizlarga Yevropaning eng nufuzli turniri uchun qo‘shimcha yo‘llanmani naqd qilib berdi.

Ma’lumki, Chempionlar Ligasining final bosqichi ishtirokchilari soni 36 taga yetkazilgach, UEFA koeffitsiyentlar jadvalida eng yuqori ochko jamg‘argan ikki mamlakatga qo‘shimcha kvotalar ajratiladigan bo‘ldi. «Arsenal»ning ushbu muvaffaqiyati 2025/2026 yilgi mavsumda Angliya klublari tomonidan to‘plangan ochkolar sonini 25,013 taga yetkazdi. Ikkinchi qo‘shimcha yo‘llanma uchun esa Germaniya va Ispaniya o‘zaro kurash olib boradi.

Ayni damda APL turnir jadvalining beshinchi pog‘onasini 49 ochko bilan «Liverpul» egallab turibdi. Kuchli beshlikka kirish uchun kurashni, shuningdek, «Chelsi» (48 ochko), «Brentford» va «Everton» (46 ochkodan) jamoalari ham davom ettirmoqdalar.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting