Rasman: Andrey Santos \"Manchester United\" futbolchisiga aylandi
"Manchester United" "Chelsea"ning 22 yoshli yarim himoyachisi Andrey Santos transferini rasman e'lon qildi. Bu haqda klubning rasmiy sayti xabar berdi.
Tomonlar 2031 yilgacha mo'ljallangan shartnoma imzoladi. Bitimda uni yana ma'lum muddatga uzaytirish imkoniyati ham ko'zda tutilgan.
Avvalroq OAV ushbu transfer qiymati 50 million funt sterling (taxminan 58,5 million yevro)ni tashkil etishi haqida xabar tarqatgan edi.
Braziliyalik yarim himoyachi 2023 yil yanvaridan buyon "Chelsea" futbolchisi hisoblanardi. U 2025/2026 yilgi mavsumda barcha musobaqalar doirasida 43 ta uchrashuvda ishtirok etib, 3 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Transfermarkt ma'lumotlariga ko'ra, Andrey Santosning bozor qiymati hozirda 40 million yevroni tashkil qiladi.