locale OZ

Rasman: Andoni Iraola «Liverpul» bosh murabbiyi etib tayinlandi

Tomonlar oʻrtasida 2 yilga moʻljallangan shartnoma imzolandi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasman: Andoni Iraola «Liverpul» bosh murabbiyi etib tayinlandi
FOTO: Getty Images

«Liverpul» o‘zining rasmiy saytida jamoa bosh murabbiyligiga Andoni Iraola tayinlanganini e’lon qildi.

Avvalroq, ispaniyalik mutaxassis merdisaydliklar bilan ikki yillik shartnoma imzolashi haqida xabarlar tarqalgan edi. Eslatib o‘tamiz, 30 may kuni «Liverpul» jamoa bosh murabbiyi Arne Slotning ketishini e’lon qilgandi.

43 yoshli mutaxassisning oxirgi jamoasi «Bornmut» bo‘ldi va u yakunlangan mavsum oxirida klubni tark etdi. Iraola boshqaruvida «gilosranglilar» 57 ochko jamg‘arib, Angliya chempionati turnir jadvalida oltinchi o‘rinni egalladi.

«Liverpul» esa 60 ochko bilan beshinchi pog‘onadan joy oldi. Ispaniyalik murabbiy «Bornmut» jamoasini 2023 yilning yozidan buyon boshqarib kelayotgan edi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting