locale OZ

Rasman: Anderson «Manchester Siti» futbolchisiga aylandi

Anderson «Nyukasl» akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasman: Anderson «Manchester City» futbolchisiga aylandi
ФОТО: Getty images

«Manchester Siti» klubi rasmiy sayti orqali «Nottingham Forest» yarim himoyachisi Elliot Andersonning transferi bo‘yicha kelishuvga erishilganini tasdiqladi.

23 yoshli futbolchi ayni paytda Angliya terma jamoasi bilan Jahon chempionati–2026da ishtirok etmoqda. U Kansas shahrida tibbiy ko‘rikdan muvaffaqiyatli o‘tdi. Transfer rasman Angliyaga qaytganidan keyin yakuniy rasmiylashtiriladi.

Anderson «Nyukasl» akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U 2024 yilda 15 million funt sterling evaziga «Nottingham Forest» safiga qo‘shilgan edi.

O‘tgan mavsumda yarim himoyachi Angliya Premer-ligasida 38 ta uchrashuvda maydonga tushib, 4 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting