locale OZ

Rasman: Aleksiya Putelyas yozda «Barselona»ni tark etadi

Ikki karra «Oltin toʻp» sohibining shartnomasi yakunlandi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasman: Aleksiya Putelyas yozda «Barselona»ni tark etadi
FOTO: Getty Images

«Barselona» ayollar jamoasi sardori va afsonasi Aleksiya Putelyas yozda kataloniyaliklar safini tark etadi. Bu haqda «ko‘k-anorranglilar» rasmiy sayti ma’lum qildi. Ikki karra «Oltin to‘p» sohibasining jamoa bilan shartnomasi yakuniga yetmoqda va tomonlar hamkorlikni uzaytirmaslikka qaror qilishgan.

Putelyas «Barselona» sharafini 2012 yildan buyon himoya qilib kelayotgan edi. Ushbu davr mobaynida u klub bilan birgalikda 10 karra Ispaniya chempioni bo‘ldi, 4 bor Chempionlar Ligasida g‘olib chiqdi, 10 marta Qirolicha kubogini va 4 marta mamlakat Superkubogini qo‘lga kiritdi.

Shuningdek, iqtidorli futbolchi 2013 yildan buyon Ispaniya ayollar milliy terma jamoasi a’zosi hisoblanadi. U terma jamoa safida 2023 yilda Jahon chempionligini, ikki bor UEFA Millatlar Ligasini qo‘lga kiritgan hamda 2025 yilgi Yevropa chempionatining kumush medallariga ega chiqqan.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting