Rasman. Aleksander Isak «Nyukasl»dan «Liverpul»ga o'tdi
Фото: Getty Images
Shvetsiya terma jamoasi hujumchisi Aleksander Isak endi "Liverpul" futbolchisiga aylandi.
Ma'lumotlarga ko'ra, Isakning transferi Angliya Premer-ligasi tarixidagi rekord ko'rsatkich bo'ldi.
OAV xabariga ko'ra, kelishuv qiymati 125 mln funt (145 mln yevro)ni tashkil etdi. Transfer yozgi oynaning yopilishidan oldingi so'nggi kunda, tibbiy ko'rikdan muvaffaqiyatli o'tgach, amalga oshirildi.
Aleksander Isak 2022 yil yozidan buyon "Nyukasl" safida to'p surayotgan edi. U jami 86 ta APL uchrashuvida 54 ta gol urdi va 10 ta golli uzatma berdi. Yangi jamoasida shved hujumchisi 9-raqam ostida o'ynaydi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist