Rasman: Aleks Grimaldo \"Atletiko\" futbolchisiga aylandi
Transfer summasi taxminan 20 million yevroni tashkil etgani aytilmoqda.
Foto: Getty Images
Madridning "Atletiko" klubi Ispaniya terma jamoasi himoyachisi Aleks Grimaldo transferini rasman e'lon qildi.
30 yoshli chap qanot himoyachisi “Bayer Leverkuzen”dan Madrid klubiga ko‘chib o‘tdi. Tomonlar futbolchi bilan 2030-yilning yozigacha mo‘ljallangan shartnoma imzoladi. Transfer summasi taxminan 20 million yevroni tashkil etgani aytilmoqda.
Aleks Grimaldo 2023-yildan buyon "Bayer Leverkuzen" safida to‘p surib, jamoaning Germaniya Bundesligasi va Germaniya kubogidagi tarixiy muvaffaqiyatlarida muhim rol o‘ynagan.
Endilikda tajribali himoyachi faoliyatini Ispaniya La Ligasida davom ettiradi va yangi mavsumdan boshlab Diego Simeone boshqaruvidagi "Atletiko" sharafini himoya qiladi.
Nasrullo Karimov
Jurnalist