Rasman: Aleks Fernandes — «Navbahor» futbolchisi
Kaliningradning «Baltika» klubi o‘zining Telegram-kanalida hujumchi Aleks Fernandes O‘zbekistonning «Navbahor» jamoasiga ijara asosida o‘tganini e’lon qildi.
«Baltika» va «Navbahor» futbol klublari o‘rtasida hujumchi Aleks Fernandesning 2026 yil yakuniga qadar ijara asosida o‘tishi bo‘yicha kelshuvga erishildi!
Aleks 2024 yilning fevralida «Baltika» a’zosiga aylangan edi. Braziliyalik hujumchi klub safida jami 36 ta o‘yinda maydonga tushib, 11 ta gol va 3 ta samarali uzatmaga mualliflik qildi. 2025 yilgi mavsumni u Ozarbayjonning «Neftchi» jamoasida ijara asosida o‘tkazdi va Boku klubi safida 13 ta o‘yinda 1 ta gol va 1 ta assist qayd etdi.
Aleksga kelgusi O‘zbekiston Superligasi bahslarida namanganliklar safida samarali o‘yinlar tilab qolamiz!» — deyiladi Rossiya klubi xabarida.