Rasman. «Al-Ittihod» Konseysauni iste’foga chiqardi
Uning boshqaruvida "Al-Ittihod" Saudiya Arabistoni chempionatida beshinchi o‘rinni egalladi.
ФОТО: Getty images
"Al-Ittihod" bosh murabbiy Serjiu Konseysau bilan xayrlashganini rasman e'lon qildi.
51 yoshli portugaliyalik mutaxassis jamoa bilan 2025-yilning oktabr oyidan buyon ishlab kelayotgandi. Uning boshqaruvida "Al-Ittihod" Saudiya Arabistoni chempionatida beshinchi o‘rinni egalladi, Qirol Kubogida yarim finalgacha yetib bordi, shuningdek, Osiyo Chempionlar Ligasi chorak finaliga chiqdi.
Klubda ta'kidlanishicha, hamkorlikni to‘xtatish to‘g‘risidagi qaror jamoaning o‘yinlarini batafsil tahlil qilish va erishilgan natijalarni baholashdan so‘ng qabul qilingan. Rahbariyat bu qadamni klub oldiga rivojlanishning keyingi bosqichida qo‘yilgan maqsad va vazifalarni amalga oshirish uchun zarur deb hisoblaydi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist