locale OZ

Rasman: «Al-Diriya» Darvin Nunyes va Enso Miyoni ijaraga oldi

Har ikki futbolchining shartnomasi 2027 yil 30 iyungacha amal qiladi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasman: «Al-Diriya» Darvin Nunyes va Enso Miyoni ijaraga oldi
ФОТО: Getty images

«Al-Diriya» hujumchi Darvin Nunyes va yarim himoyachi Enso Miyoni ijaraga olganini e'lon qildi. Har ikki futbolchining shartnomasi 2027 yil 30 iyungacha amal qiladi.

27 yoshli urugvaylik Nunyes «Al-Hilol»dan, 24 yoshli fransiyalik Miyo esa «Al-Ahli»dan ijaraga olindi.

Nunyes 2025/2026 yilgi mavsumda «Al-Hilol» safida 24 ta uchrashuv o'tkazib, 9 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Miyo esa «Al-Ahli» tarkibida 40 ta bahsda maydonga tushib, 9 ta gol hamda 7 ta golli uzatma qayd etdi.

Transfermarkt portali Nunyesning transfer qiymatini 20 million, Miyonikini esa 25 million yevroga baholamoqda.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting