locale OZ

Rasman: Abduqodir Husanov «Man Siti»ning yanvar oyidagi eng yaxshi futbolchisi deb topildi

Oʻzbekistonlik himoyachi oʻtgan oyda 8 ta oʻyinda maydonga tushdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasman: Abduqodir Husanov «Man Siti»ning yanvar oyidagi eng yaxshi futbolchisi deb topildi
FOTO: Getty Images

«Manchester Siti»ning o‘zbekistonlik himoyachisi Abduqodir Husanov yanvar oyi yakunlariga ko‘ra jamoaning eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Bu haqda «shaharliklar» matbuot xizmati o‘zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida ma’lum qildi.

«Bizning jangchi himoyachimiz», — deya ta’rif berdi ingliz klubi matbuot xizmati ushbu xabarga O‘zbekiston bayrog‘ini ilova qilgan holda.

E’tiborlisi, Husanov o‘z faoliyati davomida ikkinchi bor bunday e’tirofga loyiq ko‘rilmoqda. Bungacha u 2025 yilning fevral oyida ham «Manchester Siti»da oyning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan edi.

Yakuniga yetgan yanvar oyida o‘zbekistonlik himoyachi «shaharliklar» safida barcha musobaqalarda 8 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Ushbu bahslarning 3 tasida jamoa o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qolgan.

Ma’lumot uchun, Husanovning ingliz klubi bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilning yoziga qadar amal qiladi. Transfermarkt portaliga ko‘ra, futbolchining ayni damdagi bozor qiymati 35 million yevroni tashkil etmoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting