locale OZ

Rasman: Abdul Rashid Abubakar Mash’al futbolchisi

Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, uning transfer qiymati 100 ming yevroga baholanmoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasman: Abdul Rashid Abubakar Mash’al futbolchisi
Фото: Машъал ПФК

Muborakning Mash’al jamoasi 2026 yilgi mavsum oldidan tarkibni kuchaytirish borasidagi ishlarini davom ettirmoqda. Klub rahbariyati ganalik markaziy yarim himoyachi Abdul Rashid Abubakar bilan shartnoma imzoladi.

2000 yil 16 mart kuni tavallud topgan (25 yosh) futbolchi maydon markazida ishonchli harakatlari, yuqori jismoniy tayyorgarligi va universalligi bilan ajralib turadi. U markaziy yarim himoyachi pozitsiyasidan tashqari tayanch hamda hujumkor yarim himoyachi sifatida ham samarali o‘ynay oladi. Bo‘yi 178 sm bo‘lgan Abubakar o‘ng oyoqli futbolchi hisoblanadi.

Abdul Rashid Abubakar professional faoliyatini Accra Lions klubida boshlagan. Keyinchalik u xalqaro maydonlarda to‘p surib, turli mamlakat chempionatlarida tajriba orttirdi. Xususan, Bosniya va Gersegovinada FK Sarajevo safida, Serbiyada Loznica jamoasida, Omanda Bahla, Moldovada Spartanii Selemet klublari sharafini himoya qilgan. Shuningdek, Qozog‘iston Premer-ligasida Ordabasy hamda Atyrau jamoalari tarkibida ishtirok etgan.

Futbolchi «Mash’al» safiga erkin agent sifatida kelib qo‘shildi. Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, uning transfer qiymati 100 ming yevroga baholanmoqda.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting