Rasman. Abbosbek Fayzullayev — «Bashakshehir» futbolchisi
Photo: Getty Images
Turkiyaning “Istanbul Bashakshehir” klubi O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Abbosbek Fayzullayev bilan shartnoma imzolaganini rasman e’lon qildi.
Klub matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, istanbulliklar 21 yoshli yarim himoyachi bilan besh yillik shartnoma imzolagan.
O‘zbekiston terma jamoasi futbolchisi Abbosbek Fayzullayev bilan besh yillik shartnoma imzolandi. U bunga qadar Rossiyaning “CSKA” klubida to‘p surgan. Uni to‘q sariq va to‘q ko‘k rangli libosda zafarli o‘yinlar kutib qolamiz, — deyiladi “Istanbul Bashakshehir”ning rasmiy bayonotida.
Turkiya matbuoti xabariga ko‘ra, transfer qiymati 7 million yevroni tashkil etgan.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist