locale OZ

Rasman: 2028-yilgi UEFA Superkubogi Qozog‘istonda o‘tkaziladi

UEFA Superkubogi har yili Chempionlar Ligasi va Yevropa Ligasi g‘oliblari o‘rtasida bitta uchrashuv shaklida o‘tkaziladi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasman: 2028-yilgi UEFA Superkubogi Qozog‘istonda o‘tkaziladi
Foto: Getty Images

2028-yilgi UEFA Superkubogi Qozog‘iston poytaxti Astanada bo‘lib o‘tadi. Uchrashuvga “Astana Arena” stadioni mezbonlik qiladi. Mazkur qaror UEFA Ijroiya qo‘mitasining 15-sentabr kuni o‘tkazilgan yig‘ilishida qabul qilindi.

Shuningdek, 2027-yilgi UEFA Superkubogi Niderlandiyaning Amsterdam shahridagi “Yohan Kroyff Arena”da o‘tkazilishi tasdiqlandi. Bir yil o‘tib esa Chempionlar Ligasi va Yevropa Ligasi g‘oliblari Astanada sovrin uchun bahs olib boradi.

UEFA Superkubogi har yili Chempionlar Ligasi va Yevropa Ligasi g‘oliblari o‘rtasida bitta uchrashuv shaklida o‘tkaziladi. Mazkur bahs odatda Yevropa klublari uchun yangi mavsum oldidan o‘tkaziladigan eng nufuzli uchrashuvlardan biri hisoblanadi.

Ma’lumot uchun, 2026-yilgi UEFA Superkubogi Avstriyaning Zalsburg shahrida bo‘lib o‘tgan. Unda PSJ “Aston Villa”ni 2:1 hisobida mag‘lub etib, sovrinni qo‘lga kiritgan.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting