Rashford PSJga o'tishi mumkin
Rashford yozda "Barselona"ga kelganidan beri 18 ta o‘yinda 6 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
ФОТО: Getty images
"PSJ" "Barselona"dan ijaraga olingan "Manchester Yunayted" hujumchisi Markus Rashfordni sotib olish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda Football Insider nashri xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, kataloniyaliklar futbolchi bilan doimiy shartnoma imzolash uchun favorit hisoblanadi. Sotib olish summasi 35 mln yevroni tashkil etadi.
Rashford yozda "Barselona"ga kelganidan beri 18 ta o‘yinda 6 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
"PSJ" endi vaziyatni diqqat bilan kuzatmoqda va agar "Barselona" hech narsa qilmaslikka qaror qilsa, Markus Rashfordga qiziqishni kuchaytirishi mumkin.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist