Rashford: «Barselona» bu mavsum ham barcha sovrinlar uchun kurashadi»
Фото: Getty Images
“Barselona” hujumchisi Markus Rashford jamoasi bilan qanday maqsadlarni qo‘yganini aytdi.
“Barselona” bu mavsumni sovrinsiz yakunlashi uchun hech qanday sabab ko‘rmayapman. Jamoada bunga erishish uchun poydevor bor. Agar ular o‘tgan mavsum trebl (uchta sovrin) qayd etishni uddalagan bo‘lsa, bu safar ham barcha musobaqalarda g‘alaba qozonish uchun yetarlicha imkoniyatimiz bor. Kayfiyat ham, motivatsiya ham yuqori, — deya Rashfordning so‘zlarini keltiradi Mundo Deportivo nashri.
Eslatib o‘tamiz, angliyalik futbolchi yozgi transfer oynasida “Manchester Yunayted”dan “Barselona”ga ijaraga qo‘shilgan edi.
Bahrom Bobonov
Redaktor