Raqibmi yoki do'st? Shomurodov Dovbiksiz qolishi mumkin
Eldor Shomurodov va Artyom Dovbik — "Roma" klubidagi ikki hujumchi, ularni nafaqat maydondagi pozitsiyalar, balki o'xshash taqdir ham bog'lab turadi. Ammo Dovbik joriy yozda Rimni tark etishi mumkin.
Ispaniyaning Todofichajes nashri xabar berishicha, ukrainalik forvard La Ligaga, xususan, u yaxshi mavsum o'tkazgan "Jirona" klubiga qaytishni jiddiy o'ylayapti.
Artyom Dovbik "Roma"ga 2024 yil yozida katta shov-shuv bilan transfer qilingan va u klub bilan 2029 yilgacha shartnoma imzolagan edi. Shomurodovning ham faol ishtirokidagi kuchli raqobatga qaramay, Dovbik o'zini A Seriyada namoyon etishga muvaffaq bo'ldi: 30 dan ortiq o'yin, muntazam gollar va jamoaning hujumkor o'yinida faol ishtirok.
Endi esa Eldor Shomurodov jamoada asosiy raqib-do'stisiz qolishi mumkin.