locale OZ

Ranieri Italiya terma jamoasini boshqarishga tayyor — Sky Sports

Klaudioning so‘nggi klubi «Roma» bo‘lgandi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Ranieri Italiya terma jamoasini boshqarishga tayyor — Sky Sports
ФОТО: Getty images

Italiyalik murabbiy Klaudio Ranieri milliy terma jamoani boshqarishga tayyor ekanini ma’lum qildi, deb xabar beradi Sky Sports.

«Men avval Italiya terma jamoasiga «yo‘q» degan edim, chunki allaqachon «Roma»da ishlayotgandim va bir vaqtning o‘zida ikki lavozimni egallay olmasdim. Hozir esa men erkin agentman, shu bois kimdir qo‘ng‘iroq qilsa — nega yo‘q? Hech qachon «hech qachon» demang. Men bosh murabbiy bo‘lishni xohlaymanmi yoki faqat menejermanmi? Bilmayman. Mamlakating seni chaqirganda, sen «ha» deysan — va bas», — dedi Ranieri Sky Sports’ga bergan intervyusida.

Ranieri 2026 yil aprel oyi oxirida «Roma» boshqaruv kengashi maslahatchisi lavozimidan ketdi; u bu vazifani 2025 yil iyuldan egallab kelgan edi.

Bundan oldin 74 yoshli mutaxassis «Roma», «Kalyari», «Uotford», «Sampdoriya», «Chelsi», «Atletiko», «Fiorentina», «Napoli», «Fulhem», «Nant», «Lester», «Monako», «Inter», «Yuventus», «Parma», «Valensiya» klublari va Gretsiya terma jamoasini boshqargan.

Eslatib o‘tamiz, Italiya terma jamoasi 2026 yil jahon chempionatiga chiqa olmadi — milliy jamoa pley-offda Bosniya va Gersegovinadan mag‘lub bo‘ldi (1:1, penaltilar seriyasida 1:4), shuningdek, bosh murabbiy Jennaro Gattuzo lavozimidan ozod etildi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting